Tramp NATOni Ukraina mojarosida harakatsizlikda aybladi
Foto: Reuters
NATO Ukrainadagi qon toʻkilishini oldini olish boʻyicha oʻz missiyasini bajara olmagan. Bu fikrlarni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp aytib oʻtdi.
“NATO Ukrainadagi qon toʻkilishini oldini olish boʻyicha oʻz missiyasini bajara olmadi, bu mojaroda toʻliq harakatsizlik koʻrsatdi”, deydi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp.
Sobiq prezidentdan Ukrainada sodir etilgan iddao qilingan harbiy jinoyatlarni Rossiyaning “vahshiyliklari” natijasi deb hisoblash mumkinmi, degan savolga javob berishdan bosh tortdi va aybni NATO zimmasiga yukladi.
“Oʻylaymanki, 100-yildan keyin odamlar orqaga qarab: biz chekindik, NATO chekindi, koʻp jihatdan men ittifoqni qogʻozdagi yoʻlbars deb atagan boʻlardim”, deydi AQSHning sobiq rahbari.
Uning soʻzlariga koʻra, agar u hozir Oq uyda boʻlganida, Ukraina mojarosi hech qachon roʻy bermasdi. Yaʼni uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatlari inqirozning oldini olishga yordam bergan boʻlar edi.
Maʼlumki, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshladi. Shundan soʻng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi.
Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Koʻplab davlatlar Rossiyaga, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kabi bir qator rasmiylar, shuningdek, tadbirkorlar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring