Tramp muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, AQSH Eronga zarba berishni qayta boshlashini maʼlum qildi

20:12 11 Aprel 2026 Dunyo
510 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Vashington Eronga zarba berishni qayta boshlashini maʼlum qildi. Bu haqda u New York Post nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Bizda “qayta yuklash” jarayoni ketmoqda. Biz kemalarimizni eng yaxshi oʻq-dorilar va tarixdagi eng yaxshi qurollar bilan toʻldirmoqdamiz — ular avval ularni yakson qilganimizda ishlatganlarimizdan ham yaxshiroq. Agar kelishuvga erisha olmasak, biz ularni juda samarali tarzda qoʻllaymiz”, — deb taʼkidladi Amerika yetakchisi.

AQSH va Eron muzokaralari 11-aprel kuni Islomobodda (Pokistonda) boʻlib oʻtadi. Ular Toshkent vaqti bilan soat 17:00 dan keyin boshlanadi.

Amerika delegatsiyasiga AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens rahbarlik qilmoqda. Delegatsiya tarkibidan prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner oʻrin olgan. Delegatsiya Islomoboddagi aviabazaga AQSH Harbiy-havo kuchlarining ikkita samolyotida kelib qoʻndi.

Parlament spikeri Muhammad-Baqir Qolibof va Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi boshchiligidagi Eron delegatsiyasi esa biroz avvalroq yetib kelgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер