Tramp Kuba AQSHning navbatdagi nishoni boʻlishini maʼlum qildi

15:02 28 Mart 2026 Dunyo
581 0

Amerika yetakchisi Donald Tramp Kuba AQSHning navbatdagi nishoni boʻlishini bayon qildi. Uning soʻzlarini TASS keltirmoqda.

— Men buyuk qurolli kuchlarni yaratdim. Ulardan foydalanishga toʻgʻri kelmaydi, deb aytgandim, lekin baʼzida ularni ishga solishga majbur boʻlyapmiz. Va aytgancha, Kuba navbatdagisi, — dedi respublikachi Mayamidagi investitsiya forumidagi chiqishi chogʻida.

Shu bilan birga, Tramp Vashingtonning Kubaga nisbatan kelgusi harakatlari tafsilotlarini ochiqlab oʻtirmadi.

Bundan oldin AQSH Prezidenti Vashington Kuba maqomini oʻzgartirishning turli variantlarini, jumladan, u yerda nazorat oʻrnatishni koʻrib chiqayotganini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер