Tramp Isroil va Livan oʻrtasida 10 kunlik sulh eʼlon qildi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Livan yetakchisi Jozef Aun va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanhu 10 kunlik sulh tuzishga kelishib olganini maʼlum qildi. Tegishli post uning Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilindi.
“Ikki yetakchi mamlakatlar oʻrtasida tinchlikka erishish uchun Sharqiy vaqt bilan soat 17:00 dan boshlab 10 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish tartibini eʼlon qilishga kelishib oldilar”, — deb yozdi Amerika yetakchisi.
Trampning soʻzlariga koʻra, seshanba kuni Isroil va Livan vakillari soʻnggi 34-yil ichida ilk bor Vashingtonda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida uchrashuv oʻtkazishgan.
Amerika yetakchisi Vitse-prezident Jey Di Vens, Rubio hamda Shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi Den Keynga “mustahkam tinchlikka” erishish uchun Isroil va Livan bilan yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha topshiriq berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring