Tramp ikki davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdi

11:57 13 Aprel 2020 Dunyo
1315 0

AQSH prezidenti Donald Tramp 12-aprel, yakshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda Rossiyaning neft qazib olishni global energetika va moliyaviy bozorlarning barqarorligiga mos keladigan darajaga qaytarish majburiyatini olqishladi, deya xabar beradi Oq uy matbuot xizmati. 

“Prezident Tramp prezident Putinga Saudiya Arabistoni Qirolligi va boshqa neft ishlab chiqaruvchi davlatlar bilan global energetika bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun hamkorlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bu borada Rossiya prezidenti janob Putin va Saudiya Arabistoni qiroli janob Salmonga minnatdorchilik bildiraman. Hozirgina Oval kabinetda ular bilan gaplashdim. Bu hamma uchun yaxshi kelishuv boʻldi”, — deya bayonotdan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Eslatib oʻtamiz, 9-aprel kuni OPEK+ davlatlari 10 soat davomida neft qazib olish hajmini kamaytirish boʻyicha muzokara olib borgan, ammo yakuniy toʻxtamga kelishmagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер