Tramp Eronga “haqiqiy kelishuv” bajarilmagan taqdirda keng koʻlamli zarbalar bilan tahdid qildi

11:18 09 Aprel 2026 Dunyo
345 0

Agar Tehron “haqiqiy kelishuv”ga amal qilmasa, AQSH Eronni oʻqqa tutishni qayta boshlaydi. Bu haqda Amerika yetakchisi Donald Tramp oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.

Respublikachi Prezident kelishuvga toʻliq rioya qilinmaguncha, Amerika kemalari, samolyotlari va harbiy xizmatchilari oʻz oʻrinlarida qolishini taʼkidladi.

“Barcha Amerika kemalari, samolyotlari va harbiy xodimlari qoʻshimcha oʻq-dori va qurol-yarogʻlari bilan birga, Eron ichida va uning atrofida erishilgan haqiqiy kelishuvga toʻliq amal qilinmaguncha oʻz joylarida qoladilar. Agar biror sababga koʻra bu sodir boʻlmasa — buning ehtimoli juda kam boʻlsa-da — u holda oldingidan koʻra keng koʻlamliroq, takomillashgan va kuchliroq «otishma boshlanadi”, — deb yozdi Tramp.

Amerika yetakchisining soʻzlariga koʻra, barcha “soxta ritorikalarga” qaramay, mamlakatlar oʻrtasidagi kelishuv Tehronning yadroviy quroldan voz kechishini va kemalar uchun xavfsiz boʻlishi kerak boʻlgan Hurmuz boʻgʻozining ochilishini nazarda tutadi.

Avvalroq Donald Tramp Hoʻrmuz boʻgʻozi zudlik bilan ochilishi sharti bilan AQSH Eronni bombardimon qilishni ikki haftaga toʻxtatishini maʼlum qilgan edi.

Eron hukumati sulhga roziligini tasdiqladi. Tehronning rasmiy bayonotida aytilishicha, mamlakat “buyuk gʻalabaga erishdi va jinoyatchi Amerikani oʻzining oʻn banddan iborat rejasini qabul qilishga majbur etdi”.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi alohida xabarida ikki hafta davomida kemalar Eron harbiylari bilan oʻz harakatlarini muvofiqlashtirgan holda Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali oʻtishlari mumkinligini tasdiqladi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu maʼmuriyati yahudiy davlati AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron bilan ikki haftalik sulh tuzish qarorini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер