Tramp Eron neftini “tortib olish” istagini maʼlum qildi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Financial Times nashriga bergan intervyusida Eron neftini “tortib olish”ni xohlashini aytdi.
— Rostini aytsam, menga Eron neftini tortib olish gʻoyasi hammasidan koʻproq yoqadi, lekin AQSHdagi baʼzi ahmoq odamlar: “Nima uchun bunday qilyapsiz?” deb soʻrashadi. Lekin ular ahmoq odamlar, — dedi Amerika yetakchisi va bu vaziyatni Venesueladagi holat bilan qiyosladi.
Shu bilan birga, respublikachi Eron neft eksporti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan Xarg orolini egallab olish ehtimolini ham istisno qilmadi.
— Balki biz Xarg orolini olarmiz, balki yoʻq. Bizda variantlar koʻp. Ammo bu u yerda maʼlum muddat qolishimiz kerakligini anglatadi, — deb taʼkidladi AQSH Prezidenti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring