Tramp endi Nobel tinchlik mukofoti haqida gapirishni istamasligini aytdi

16:10 13 Mart 2026 Dunyo
301 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp Nobel tinchlik mukofotini olish haqida boshqa gapirishni istamasligini bildirdi. Bu haqda u “Washington Examiner” jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Amerika yetakchisi xorijiy davlatlar rahbarlari bilan yaqin oradagi suhbatlari davomida ushbu mukofotni olish masalasini muhokama qilgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

“Bilmadim. Men bunga qiziqmayman. Yoʻq. Men Nobel mukofoti haqida gapirmayapman“.

Donald Trampning ushbu izohi AQSH va Isroilning 28-fevral kuni boshlangan Eronga qarshi harbiy operatsiyasi fonida yangradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Amerika yetakchisi Nobel tinchlik mukofotiga loyiq ekanini bir necha bor taʼkidlagan edi. 2025-yilda ushbu mukofot Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machadoga berilgan edi. Machado Tramp bilan uchrashuvda ushbu mukofotga aynan Tramp loyiqligini aytib, Nobel medalini unga topshirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер