Tramp Baydenni Amerika orzusini oʻldirganlikda aybladi

10:46 27 Mart 2022 Dunyo
1403 0

Foto: Reuters

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp AQSH amaldagi yetakchisi Jo Baydenni Amerika orzusini oʻldirishda aybladi. 

Trampning soʻzlariga koʻra, Ukraina atrofidagi vaziyat*, yuqori inflyatsiya va benzin narxi oshishiga hozirgi maʼmuriyat aybdor. 

“Siz Amerika tarixidagi eng yomon besh prezidentni olib, ularni bir joyga toʻplasangiz ham ular Jo Bayden kabi atigi 15 oy ichida mamlakatga zarar yetkazmaganiga amin boʻlasiz. Bir yil ichida u Amerika orzusini oʻldirdi”, degan siyosatchi.

Trampning qoʻshimcha qilishicha, agar Baydenni oʻrniga u AQSHni boshqarganida Ukraina atrofidagi vaziyat hozirgidek rivojlanmagan boʻlar edi.

22-mart kuni “Reuters” agentligi “Ipsos” xalqaro tadqiqot kompaniyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan soʻrovga tayanib, AQSHda prezident Jo Baydenning reytingi rekord darajadagi 40 foizga tushib ketgani haqida xabar berdi. 

Agentlikning qayd etishicha, bunday past koʻrsatkich 8-noyabrdagi saylovlarda Kongress ustidan nazoratni saqlab qolishga intilayotgan Demokratik partiya uchun jiddiy ogohlantirish hisoblanadi.

*Maʼlumki, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshladi. Shundan soʻng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi.

Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Koʻplab davlatlar Rossiyaga, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kabi bir qator rasmiylar, shuningdek, tadbirkorlar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер