Tramp Baydenga qarshi ish va saylovlarni tekshirish uchun maxsus maslahatchi tayinlamoqchi

21:33 12 Dekabr 2020 Dunyo
1093 0

AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp prezidentlikka nomzod Jo Bayden va uning oʻgʻli Xanter Baydenga qarshi ishni tergov qilish uchun maxsus maslahatchi tayinlamoqchi.

Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Tramp shtabi rahbari Mark Medouzning aytishicha, siyosatchi maxsus maslahatchisini AQSH prezidentlik saylovlarida firibgarlik holatlarini tekshirishga ham jalb qilmoqchi.

Ayrim OAVning xabar berishicha, Oq uy rahbari oʻzining yaqinlaridan biriga shunday odamni topish tezlashtirish buyurgan.

Manbaga koʻra, Tramp AQSH Bosh prokurori Uilyam Barrning Baydenga qarshi moliyaviy sud ishlarini olib borish boʻyicha harakatlaridan noroziligini bildirdi.

Shuningdek, Tramp Bayden prezident etib tayinlansa, uning maʼmuriyati sud jarayonini yashirishi mumkinligidan xavotirda ekanligini taʼkidlagan.

3-noyabr kuni AQSHda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. Unda davlat rahbari lavozimiga asosiy daʼvogarlar demokrat Jo Bayden va amaldagi prezident, respublikachi Donald Tramp kurash olib bordi.

7-noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari — “ABC News”, “FOX News”, “CNN”, “AP” va “NBC” AQSH prezidenti saylovlarida demokrat Jo Bayden gʻalaba qozonganini eʼlon qildi. Natijalar hali rasman eʼlon qilinmagan.

Shu munosabat bilan qator davlat rahbarlari, jumladan, BMT Bosh kotibi ham Baydenga tabrik yoʻlladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер