Tramp 2028-yilgi prezidentlik saylovlari uchun Vens va Rubio oʻrtasida tanlov qilishga urinmoqda
AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz maʼmuriyatining ikki vakili — vitse-prezident Jey Di Vens yoki Davlat kotibi Marko Rubiodan qaysi birini 2028-yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasidan potensial nomzod sifatida qoʻllab-quvvatlashni hal qilishga harakat qilmoqda. Bu haqda WSJ nashriga tayanib TASS xabar bermoqda.
Mar-a-Lagodagi golf-klubida homiylar uchun tashkil etilgan tadbirda Amerika yetakchisi mehmonlardan kimni qoʻllab-quvvatlashi kerakligini — Vensnimi yoki Rubioni — soʻragan. Taʼkidlanishicha, mehmonlar Rubioni qattiqroq olqishlaganlar.
Rubio va Vensga yaqin manbalar ularni doʻst deb hisoblashadi. Rubio ommaviy ravishda va shaxsiy suhbatlarda 2028-yilgi prezidentlik poygasida favorit hisoblangan Vens bilan raqobatlashish niyati yoʻqligini bir necha bor taʼkidlagan.
WSJ maʼlumotlariga koʻra, Tramp borgan sari Rubioga koʻproq ishonib bormoqda. U oʻz maslahatchilariga Davlat kotibining prezidentlik poygasida gʻalaba qozonish imkoniyatlari yuqori ekanini aytgan.
Trampning yangi muddati boshlanganidan beri AQSH tashqi siyosatining faollashgani Rubioni Oq uydagi eng muhim qarorlarni qabul qilishda asosiy figuraga aylantirdi va prezident tez-tez undan maslahat soʻrab turadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring