Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda
Foto: РИА Новости
Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 3,1 mingga yetdi, deb xabar berdi mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot markazi.
“Sutka davomida COVID-19 bemorlari soni 171 kishiga oshib, 3100ga yetdi, vafot etganlar soni 46 nafar“, — deb maʼlum qildi vazirlik vakili.
Uning soʻzlariga koʻra, 1395 kishi sogʻaygan.
Vazirlikning maʼlumot berishicha, hozirda 2773 kishi tibbiy kuzatuv ostida boʻlib, oxirgi sutkada 232 kishiga uyiga javob berilgan.
Kasalxonalarda koronavirusga chalinganlarni kuzatish va davolash bilan 7,5 mingdan ortiq shifokor va 25 ming nafar hamshira shugʻullanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring