"Toza ichimlik suvi" loyihasi: 232 ta maktabga zamonaviy suv tozalash tizimlari o‘rnatildi
"Toza ichimlik suvi" loyihasini amalga oshirish doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus, Beruniy, Qonliko‘l, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a tumanlari va Nukus shahridagi yana 26 ta umumta’lim maktabiga zamonaviy suv tozalash tizimlari o‘rnatildi.
Loyiha boshlanganidan buyon Qoraqalpog‘istondagi 232 ta maktab zararli aralashmalar, bakteriya va mikroorganizmlarni samarali bartaraf etadigan hamda suvni foydali minerallar bilan boyitadigan suv tayyorlash uskunalari bilan ta’minlandi.
Natijada 150 mingdan ortiq o‘quvchi sifatli ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring