Tovlamachi “telegram”chilar qo‘lga olindi

14:39 30 May 2018 Jamiyat
21568 0
Foto: cryptocartel.club

Ijtimoiy tarmoqlarda Telegramdagi “Namanganliklar” va “Namangan-cars” kanali ma’murlari O.T., M.A. va J.B.lar o‘zaro til biriktirgan holda Namangan shahridagi “Sohil” kafesi rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 600 AQSH dollari olgan paytda qo‘lga olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tergov natijalari bo‘yicha hisobot surati tarqalmoqda.

Qayd qilinishicha, avvaldan yollangan bir guruh ayollar kafega kirib, ovqatdan suvarak chiqqanligini aytib janjal ko‘tarishgan. Shundan so‘ng, bu holni videoga olib, uni “Namanganliklar” kanali ma’muriga olib borib berishgan.

O‘zini Jobir deb tanishtirgan kanal admini oshxona egasiga “Namanganliklar” kanalida 100 ming a’zo borligi, agar videoni kanalga chiqarsa, mijozlar oshxonaga kelmay qo‘yishi bilan qo‘rqitib, kafe egasidan pul talab qilgan.

Kafe egasi tegishli tashkilotlarga xabar bergandan so‘ng, tovlamachilikda gumon qilinayotgan adminlar 600 AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur ish bo‘yicha surishtiruv olib borilayotgani aytilmoqda.

“Namanganliklar” kanaliga so‘nggi qo‘shilgan xabar quyidagicha bo‘ldi:

“Namanganliklar” kanali bugundan e'tiboran noqonuniy faoliyat olib borganligi sababli óz faoliyatini tugatdi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер