Tovlamachi gugurtfurush qoʻlga olindi

10:08 20 Noyabr 2018 Jamiyat
1386 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro Ya.ning arizasiga asosan tumandagi “K.P” MCHJ binosida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir chogʻida fuqaro S.I. mazkur jamiyat mansabdor shaxslarini ustidan Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilish orqali qoʻrqitib, tovlamachilik yoʻli bilan 7.000 quti gugurt mahsuloti yoki 70.000 AQSH dollari berishni talab qilib, shundan 10.000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.I.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер