Tovar aylanmasi 1 356,4 trln soʻmdan oshdi. Yetakchi hudud — Toshkent
Foto: Illustrativ surat
Davlat soliq qoʻmitasining maʼlum qilishicha, bugungi kunda 25 ta elektron hujjat aylanishi tizimi operatori rouming tizimida roʻyxatdan oʻtib faoliyat yuritib kelmoqda.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida ular yordamida 274 963 ta soliq toʻlovchi tomonidan 35,4 mln elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, EHF tizimidan foydalanuvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, joriy yilda rasmiylashtirilgan EHFlar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 mlntaga (18%) oshgan.
Hududlar kesimida, hujjatlar sonining oʻsishi boʻyicha yetakchilar:
Toshkent sh. - 2,4 mlntaga (23%) koʻp;
Toshkent viloyati - 376,6 mingtaga (21%) koʻp;
Samarqand viloyati - 213,5 mingtaga (21%) koʻp.
Joriy yilning oʻtgan 11 oyida rasmiylashtirilgan EHFlarda jami tovar aylanmasi 1 356,4 trln soʻmdan ortiqni tashkil etgan yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 342 trln soʻmga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring