Toshloqda “Yangi O‘zbekiston” massivi bunyod etiladi  

15:45 11 Noyabr 2021 Jamiyat
844 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Ayni kunlarda Farg‘ona viloyati Toshloq tumaniga qarashli “Axshak” MFY hududida zamonaviy ko‘p qavatli uylardan iborat yangi massiv  bunyod etilmoqda.  

Ezgu tashabbus doirasida bu yerda 13 ta 5 qavatli uylar qurilishi loyihalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur uylarda ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilyapti.

Yangi massivda qo‘shimcha ravishda zamonaviy maktab, bolalar bog‘chasi, sport maydonchalari va bolalar o‘yingohlari, oilaviy poliklinika barpo etish ham maqsad qilingan.

Shuningdek, yaqin istiqbolda Axshak massivining bo‘sh yer maydonida Bag‘dod tumani tajribasi asosida 25 ta 1 podyezdli, 20 xonadonli – jami 500 ta xonadondan iborat “Yangi O‘zbekiston” massivini barpo etish rejalashtirilmoqda.

                          

  Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.

     

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер