Toshkentning toʻrtta tumanida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi
“Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabariga koʻra, Toshkent shahrining toʻrtta tumanida gaz taʼminoti qisman uziladi.
Bugun, 17-mart kuni mutaxassislar tomonidan rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda gaz boʻlmaydi:
Mirzo Ulugʻbek tumani: soat 10:00 dan 12:00 gacha — “Yalangʻoch” mahallasi; soat 11:00 dan 13:00 gacha — “Mevazor” mahallasi;
Olmazor tumani: soat 11:00 dan 13:00 gacha — “Chustiy” mahallasi;
Uchtepa tumani: soat 11:00 dan 13:00 gacha — Oʻrikzor koʻchasi;
Yangihayot tumani: soat 11:00 dan 13:00 gacha — Xoʻja Uchqun koʻchasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring