Toshkentning bir qator hududlarida gaz o‘chadi

09:59 04 Avgust 2023 Jamiyat
493 0

Illyustrativ foto

4 avgust kuni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Toshkentning Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan ba’zi mahalla va ko‘chalarda vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Bektemir tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha:
- “Nurafshon” MFYda qisman.

Mirzo Ulug‘bek tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha:
“Temuriylar” MFYning, Tabassum, Matonat, Soy bo‘yi, Bunyodkor 1, 2, 3, 4-tor hamda Vatan 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7-tor ko‘chalarida.

Sergeli tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha:
- Uchuvchilar mavzesida qisman;
- “Qumariq” mahallasida qisman;
- “Oltin vodiy” MFYda qisman.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер