Toshkentga gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi yetib keldi
“Dunyo” axborot agentligi xabariga koʻra, gepatit C ga qarshi “Sofosbuvir-400mg” preparatining 5600 oʻramdan iborat navbatdagi 18-partiyasi Misrdan Toshkentga yetib keldi.
Mazkur dori vositalari Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti tomonidan ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlarga taqsimlanadi.
Umuman, hozirgacha Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga yetkazib berilgan 800 ming dona shunday preparatlar 133 ming nafar bemorning davolanishga boʻlgan ehtiyojni qondiradi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu gumanitar aksiya Oʻzbekiston Prezidentining shu yil 20-21-fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi hamda Misr sogʻliqni saqlash vazirligi bilan muzokaralar chogʻida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring