Toshkentga Belarusdan elektrobus olib kelindi
“Toshshahartransxizmat AJ va ”Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi oʻrtasidagi oʻzaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish rejalashtirilgan edi. Shunga muvofiq bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirildi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar esa “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan elektrobusni yoʻnalishga chiqarish bilan bogʻliq tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2 ta joyda elektrobusni quvvatlash shoxobchalari oʻrnatildi.
Yaqin kunlarda elektrobusni qisqa masofali yoʻnalishlardan biriga biriktirish rejalashtirilmoqda.
Maxsus komissiya ushbu elektrobus bilan bogʻliq barcha holatlarni toʻliq oʻrganib chiqadi. Xususan, Oʻzbekistonning issiq iqlimida elektrobusning harakatlanish imkoniyatlari, yoʻlovchilar sogʻligiga uning taʼsiri va boshqa jihatlar atroflicha tahlil qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring