Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi
Kecha, 10-noyabr kuni Toshkent—Jidda yoʻnalishi boʻyicha HY335 reysini bajaruvchi samolyot joʻnab ketgan aeroportiga qaytishga majbur boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur samolyot yoʻlovchilardan birining sogʻligi yomonlashgani sabab ortga qaytgan.
“Tez orada samolyot oʻz manziliga parvozni qayta amalga oshiradi. Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va tushunishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi “Uzbekistan Airways” xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring