Toshkentdan Nyu-Yorkka va ortga qaytuvchi reyslarga 20 foiz chegirma eʼlon qilindi
Uzbekistan Airways Toshkentdan Nyu-Yorkka va ortga qaytuvchi reyslarga 20 foiz chegirma eʼlon qildi.
"Bu ajoyib shaharni nafaqat orzularingizda, balki oʻz koʻzlaringiz bilan koʻrish vaqti keldi! Uzbekistan Airways 2024-yilning 21-yanvaridan boshlab 2024-yilning 29-fevraliga qadar Toshkentdan Nyu-Yorkka va ortga amalga oshiriladigan aviaqatnovlar aviachiptalariga 20 foiz chegirma taqdim etadi.
Chegirmali aviachiptalarni joriy yilning 30-noyabriga qadar www.uzairways.com saytida, ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin" deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring