Toshkentdagi janjalda fuqaro avtomobilini odamlar ustiga haydadi

10:51 04 Iyul 2024 Jamiyat
378 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahri Sergeli tumanida yuzaga kelgan janjalda fuqaro avtomobilini odamlar ustiga haydadi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan izoh berdi.

Bildirilishicha, voqea 3-iyul kuni taxminan soat 23:00 larda Sergeli tumani Qoʻyliq-5 dahasida sodir boʻlgan. Unda oʻzaro tanish boʻlgan — K.F., B.A., T.J., F.R., I.U. ogʻzaki kelishmovchilik sababli janjallashib ketgan.

Maʼlum qilinishicha, janjal oqibatida uch nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Shuningdek, shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqea qatnashchilari orasida vafot etganlar borligi haqidagi xabarlarni rad etgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov davom etmoqda, - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер