Toshkentdagi Jahon kubogida qatnashuvchi qilichbozlarimiz nomi maʼlum

22:21 18 Mart 2026 Sport
436 0

Joriy yilning 27-29-mart kunlari Toshkent shahri qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi ayollar oʻrtasida kechadigan ushbu musobaqada qatnashuvchi sportchilarimiz nomini maʼlum qildi.

Unga koʻra, Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibeva, Karina Kurbanova, Darina Babajanova, Salima Roʻziyeva, Bibioysha Husanboyeva hamda Samira Shokirova boʻlajak bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Dasturga koʻra, 27-28-mart kunlari yakkalik, 29-mart sanasida esa jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер