Toshkentdagi “Yangi Oʻzbekiston” koʻchasi ikki kunga kechki soatlarda yopiladi
Toshkentdagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida 31-avgust va 1-sentyabr kunlari soat 19:00 dan 22:00 ga qadar Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni nishonlanishi sabab, Mahtumquli – Ohangaron shoh koʻchasidan, Yangi Oʻzbekiston – 4P12 yoʻli kesishgan chorrahasigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi.
Toshkentga yoʻl olgan haydovchilarga Qibray tumani va Chirchiq shahri orqali yoki 4R12 “Toshkent-Chorvoq” va Ohangaron avtomobil yoʻli orqali aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring