Toshkentdagi yana bir koʻcha qisqa muddatga yopiladi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahridagi koʻchalardan biri 1 sutkaga yopiladi Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Kichik halqa avtomobil yoʻlining Taxtapul darvoza koʻchasi kesishmasidan Iftixor koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismi 28-aprel soat 22:00 dan 29-aprel soat 22:00 gacha yopiladi.
Bu davr mobaynida yoʻlning Shayxontohur va Yunusobod tumanlari hududidan oʻtgan qismida qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi.
Hokimlik belgilangan muddat oraligʻida harakatlanish uchun muqobil yoʻllardan foydalanishni tavsiya etdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq poytaxtda “Toshkent gullari” festivali boʻlib oʻtishi munosabati bilan Zarafshon, Istiqlol va Buyuk Turon koʻchalarining ayrim qismlari 5 kunga yopilishi aytilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring