Toshkentdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi

12:31 09 Aprel 2026 Jamiyat
236 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahrida yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida qator qoidabuzarliklar aniqlanib, ayrim bozor hududlari faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 8-aprel kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi uchta bozorda rejali tekshiruvlar oʻtkazilgan. Jumladan, Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” dehqon bozori, Shayxontohur tumanidagi dehqon bozori hamda Chilonzor tumanidagi buyum bozori koʻzdan kechirilgan.

Tekshiruvlar davomida mazkur bozorlarning ayrim hududlarida yongʻin xavfsizligi qoidalarining qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan. Shu munosabat bilan, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar bozorlarning ayrim bloklari tegishli hujjatlar asosida vaqtinchalik yopilgan.

Taʼkidlanishicha, mazkur bozorlarning faoliyati toʻliq toʻxtatilmagan, balki inshootlarning kamchilik aniqlangan maʼlum bir qismlarigina elektr taʼminotidan vaqtinchalik uzib qoʻyilgan.

Shu oʻrinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi masʼul shaxslarga xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etish zarurligini yana bir bor eslatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер