Toshkentdagi qush bozorida mingdan ortiq qush noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

01:30 16 Mart 2025 Jamiyat
421 0

Foto: Ekologiya vazirligi

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi qush bozorida yovvoyi qushlar va hayvonlarning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bozorida tabiatdan noqonuniy ravishda tutilgan umumiy 1168 dona qush:

  • 935 dona chumchuqsimonlar oilasiga;
  • 33 dona maynasimonlar oilasiga;
  • 200 dona toʻrgʻaysimonlar oilasiga;
  • 3 dona qirgʻiysimonlar oilasiga mansub qushlar, shuningdek, 35 dona choʻl toshbaqasi noqonuniy sotilayotgani aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan.

“Qushlar oʻzlari uchun yashashga qulay muhitga qoʻyib yuborildi”, deb yozadi vazirlik matbuot xizmati.

Foto: Ekologiya vazirligi 

Qoʻshimcha qilinishicha, choʻl toshbaqalari vaqtincha Toshkent hayvonot bogʻiga, 3 dona qirgʻiysimonlar oilasiga mansub qush esa vaqtincha Yovvoyi qushlarni himoya qilish jamiyatiga topshirilgan.

Jonivorlar tibbiy nazorat va parvarishdan soʻng ochiq tabiatga qoʻyib yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер