Toshkentdagi omborlardan birida yirik yongʻin yuz berdi
Videodan kadr
Toshkent shahrining Sergeli tumanida omborda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 14-may kuni soat 11:03 da poytaxtning Sergeli tumani Nilufar koʻchasida joylashgan omborxonada yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga murojaat kelib tushgan.
Shunga asosan 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 11:05 da hodisa joyiga yetib borgan. Yongʻin soat 12:15 da qurshab olingan va 13:31 da batamom oʻchirilgan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxoʻjayev va vazirning birinchi oʻrinbosari Sanjar Zuparov ham yetib borgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan. Ayni paytda yongʻinni keltirib chiqargan sabablar hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring