Toshkentdagi koʻpriklardan biri ikki kunga yopildi
Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy va Shayxontohur koʻchalari kesishmasidagi koʻprik 24-maygacha (shu kuni ham) transport harakati uchun yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu muddat ichida koʻprikda taʼmirlash ishlari olib boriladi.
“Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va haydovchilarga ish vaqtida muqobil yoʻnalishlardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yoʻlining, shuningdek, Qorasaroy koʻchasining bir qismi 21-26-may kechasi (soat 22:00 dan 6:00 ga qadar) taʼmirlash ishlari tufayli yopilishi haqida xabar berilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring