Toshkentdagi koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi
Foto: Telegram
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 7-avgust kuni soat 16:09 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Qoʻyliq mavzesida joylashgan koʻp qavatli uyning 7-qavatidagi xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 16:17 da yetib borib, 16:37 da yongʻinni bartaraf qilgan.
Bildirilishicha, qutqaruvchilarning tezkor saʼy-harakati natijasida yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Hozirda hodisaning kelib chiqiqsh sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring