Toshkentdagi koʻchalardan biri vaqtincha yopiladi

20:01 13 May 2025 Jamiyat
266 0

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi koʻchalardan biri transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yunusobod tumanida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli Kichik halqa avtomobil yoʻlining Sharof Rashidov koʻchasi kesishmasidan Chingiz Aytmatov koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismi bugun, 13-may soat 22:00 dan 15-may 06:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

“Koʻrsatilgan muddat davomida muqobil yoʻnalishlardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, masʼul tashkilot fuqarolardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasi 7/24 koʻchaga aylantirilayotgani munosabati bilan joriy yilning 24-aprel kunidan 30-may kuniga qadar mazkur koʻchaning Yahyo Gʻulomov koʻchasi bilan kesishmasidan Shahrisabz koʻchasiga qadar boʻlgan qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер