Toshkentdagi koʻchalardan biri 1 sutkaga yopiladi

22:14 06 Avgust 2025 Jamiyat
301 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan biri 1 sutkaga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Mirzo Ulugʻbek tumani Neʼmat koʻchasida drenaj tizimini takomillashtirish ishlari doirasida drenaj quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu sababli, koʻchaning 1-sonli qozonxonadan Shahriobod koʻchasigacha boʻlgan qismi joriy yilning 7-avgust kuni soat 07:00 dan 8-avgust kuni 07:00 ga qadar avtotransport harakati uchun yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Hokimlik yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер