Toshkentdagi koʻchalardan biri 1 oydan koʻproqqa yopildi

13:19 25 Mart 2025 Jamiyat
203 0

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Shofayzi koʻchasi joriy yilning 21-mart kunidan 1-may sanasiga qadar avtotransport harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur koʻchaning yopilishiga “Daryo Boʻyi Business City” loyihasi doirasida Janggoh, Chuqurkoʻprik va Zaxariq ochiq kollektorlarining yopilishi, shuningdek, avtomobil yoʻli, yashil hududlar, piyodalar va velosiped yoʻlaklari barpo etilishi sabab boʻlgan.

Hokimlik haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishni, hamda, noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер