Toshkentdagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻldi

13:22 20 Iyul 2023 Jamiyat
437 0

Toshkentdagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Mirobod tumanida sodir boʻlgan yongʻin boʻyicha maʼlumot 2023-yilning 19-iyul kuni soat 23:52 da Mirobod tumani “Zaminobod”MFY hududida joylashgan xonadonlarning birida yongʻin boʻlayotganligi boʻyicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv texnikalari zudlik bilan etib borib yongʻin bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida 100-150 kv.m uyning tom va ichki qismi yonib zararlangan.

Yongʻin natijasida jabrlangan yoki halok boʻlgan fuqarolar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер