Toshkentdagi KHAY koʻchasining bir qismi bir oyga yopildi

08:18 06 Noyabr 2024 Jamiyat
282 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Yashnobod tumanida Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi barcha harakat ishtirokchilari uchun yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududda yoʻl qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli KHAYning Maxtumquli koʻchasi bilan kesishmasidagi yondosh yoʻl qismi 5-noyabrdan 5-dekabrgacha xizmat koʻrsatmaydi.

Hokimlik shuningdek, noqulaylik uchun uzr soʻragan va muqobil yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер