Toshkentdagi fastfud kafesida yongʻin chiqdi
Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan fastfud kafesida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shahar FVBga bugun, 13-dekabr kuni soat 16:12 da Yangi Sergeli koʻchasida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 16:19 da yetib borib, yongʻinni 16:31 da qurshab olgan va 16:32 da toʻliq oʻchirgan.
“Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring