Toshkentdagi ayrim oliygohlarda darslarning boshlanish vaqti oʻzgarmoqda
Foto: Illustrativ foto
11-yanvardan poytaxtdagi metro bekatlariga yaqin joylashgan 16 ta oliy taʼlim muassasasining ish grafigi 9:30 ga oʻzgaradi. Bu oʻzgarish tigʻiz vaqtlarda metropolitenda yoʻlovchi oqimini maqbullashtirish bilan bogʻliq.
Darslar 9:30 dan boshlanadigan OTMlar roʻyxati:
— Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
— Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
— Puchon universiteti;
— TMC instituti;
— Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
— G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali;
— Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi;
— Vebster universiteti;
— Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
— Toshkent farmatsevtika instituti;
— Toshkent davlat yuridik universiteti;
— Toshkent moliya instituti;
— Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
— Toshkent davlat texnika universiteti;
— Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
— Yangi Oʻzbekiston universiteti.
Oʻzbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida darslar 8:00 dan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida esa 8:30 dan boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring