Toshkentdagi 88 ta poliklinikada “Elektron poliklinika” axborot tizimi joriy etildi

20:27 09 Yanvar 2021 Jamiyat
1612 0

Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov maʼlum qildi.

«Tibbiyot sohasida IT-texnologiyalarni joriy qilish, jumladan “Yagona tez tibbiy xizmat” axborot tizimini tashkil etish orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qilishga sarflanadigan vaqtni ikki barobarga qisqartirishga erishildi. Toshkent shahridagi 88 ta oilaviy poliklinikada “Elektron poliklinika” axborot tizimlari joriy etildi», – dedi vazir.

«Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida kelgusi 3 yilda raqamli transformatsiya boʻyicha 1627 ta loyihani hayotga tatbiq etish kutilmoqda.

“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish boʻyicha 2020-2022-yillarda 42 ta vazirlik va idorada jami 260 dan ortiq loyiha boshlab yuborilgan. «Raqamli Toshkent” dasturi doirasida 30 dan ziyod axborot tizimini yaratish va integratsiyalar loyihasi amalga oshirilmoqda», – dedi Sodiqov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер