Toshkentda joylashgan “Anhor” bogʻi auksionga qoʻyildi
Foto: Arxiv surat
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi “Anhor” attraksioni kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Bogʻning umumiy maydoni 8,35 gektarni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, bogʻda asosiy inshootlardan tashqari, 1821 kvadrat metr maydonga ega davlat roʻyxatidan oʻtmagan bino ham mavjud boʻlib, u hozir buzilmoqda.
Lotning boshlangʻich bahosi qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda 376 milliard soʻmni (34,6 million dollar) tashkil etadi.
Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish 18-mart kuni yakunlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring