Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh etildi

12:45 15 Fevral 2025 Jamiyat
411 0

Toshkent shahrida maxsus tezkor guruh tomonidan oʻtkazilgan tadbir natijasida yashirin narkolaboratoriya fosh etildi. Tezkor kuzatuv ostida boʻlgan shaxsning Yunusobod tumanidagi ijaraga olingan xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, unda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tayyorlashga moʻljallangan laboratoriya tashkil qilingani aniqlandi.

Tergov davomida ushbu shaxsga aloqador Uchtepa tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi yana ikkita xonadon ham tekshirildi. Bu joylarda “pregabalin”, “tropikamid”, “trilon” kabi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, shuningdek, ularni tayyorlash uchun prekursorlar, qayta ishlash va taqsimlashga moʻljallangan maxsus jihozlar borligi aniqlandi. Laboratoriyada tarozi, kolba, mikser, dorilarni solish uchun plastik idishlar kabi kimyoviy vositalar ham topildi.

Keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida yashirin laboratoriyadan jami 19 kg 225 gr “pregabalin”, 2 kg 960 gr “tropikamid”, 1,2 kg “trilon” moddasi, shuningdek, 20 litr xlorid kislotasi, 19 nomdagi 1746 dona laboratoriya uskuna va jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan chuqur tergov harakatlari olib borilmoqda. Yashirin narkolaboratoriyaning faoliyati va unga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash maqsadida qoʻshimcha tekshiruvlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер