Toshkentda yana 2 ta avtobus yoʻnalishiga vaqtinchalik oʻzgartirish kiritildi
Toshkent shahridagi Yangi Qoʻyliq koʻchasi orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritildi.
Toshkent shahridagi Fargʻona yoʻli koʻchasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida avtotransport vositalarining Yangi Qoʻyliq koʻchasidan Fargʻona yoʻli koʻchasiga harakatlanishi vaqtinchalik cheklangan.
Shu munosabat bilan, yoʻlovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgunga qadar, 2020-yil 25-avgustdan boshlab 37-sonli “Mahalliy Aeroport-3 – Toshkent MUM” va 55-sonli “Toshkent quvur zavodi – Istiqlol koʻchasi” avtobus yoʻnalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qoʻyliq koʻchasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan soʻng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol koʻchalari, Fargʻona bozori koʻprik osti yoʻli, Fargʻona yoʻli-Jarqoʻrgʻon koʻchalari chorrahasi, Fargʻona bozori koʻprik yoʻli va Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik oʻzgartirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring