Toshkentda voyaga yetmagan haydovchi YTH sodir etdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida voyaga yetmagan haydovchi “Lacetti” avtomashinasida yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 9-aprel kuni soat 03:30 atrofida Shayxontohur tumani, Sebzor koʻchasida joylashgan “Ganga” koʻprigi ustida 17 yashar fuqaro “Lacetti” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan hamda qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan.
Natijada u oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan, 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi KIA rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Lacetti” avtomobili haydovchisi hamda uning 2 nafar yoʻlovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring