Toshkentda VI anʼanaviy Gidlar forumi oʻtkaziladi
Foto: Illustrativ foto
21-fevral kuni Toshkentdagi “Raddison Blu” mehmonxonasida “Oʻzbekiston Gidlari forumi - 2023” VI anʼanaviy Gidlar forumi oʻtkaziladi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
Taʼkidlash joizki, tadbir “Ekskursiya faoliyati: hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusiga bagʻishlanadi.
Ushbu forum hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishga turtki boʻladi, ekskursiya jamoatchiligiga innovatsion texnologiyalar va yangi taʼlim loyihalarini taqdim etadi.
Maʼlumot uchun, 21-fevral – Xalqaro gidlar kuni hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring