Toshkentda tungi klub menejeri boʻlgan qiz mijoz otgan paqildoq tufayli jarohatlandi

13:17 23 Iyul 2025 Jamiyat
349 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi tungi klubda mijoz atayin menejer qizning yuziga paqildoq otgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holatga Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hodisa 17-iyul kuni sodir boʻlgan. taxminan soat 02.00 larda Yashnobod tumanidagi tungi klublarning birida, 1980-yilda tugʻilgan A.R, shu klubning ishchisi 2000-yilda tugʻilgan M.K. ning yuz qismiga paqildoq (xlopushka) otgan.

Buning natijasida fuqaro “koʻz olmasi ogʻir darajali kontuziyasi, yuqori qovoq, burun yuzasi va peshona sohasi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi hamda shilingan jarohati” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozirda bemor shifokorlar nazoratiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Avvalroq Andijon shahrida oilaviy janjal oqibatida ayol kishi vafot etgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер