Toshkentda “Tracker” toʻliq yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar FVB
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida “Tracker” butunlay yonib ketdi. Poytaxt FVB axborot xizmati holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bugun, 8-noyabr kuni soat 10:43 da Mirzo Ulugʻbek tumani, Yangi Oʻzbekiston bogʻi koʻchasida avtomobil yonayotgani toʻgʻrisida, shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 10:52 da yetib borib, yongʻinni soat 11:00 da oʻchirgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring