Toshkentda talabalarning XI xalqaro yoshlar forumi oʻz ishini boshladi
6-13-avgust kunlari Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali tomonidan XI Xalqaro yoshlar forumi tashkil etilmoqda.
Forum Oʻzbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasida tahsil olayotgan talabalar-yoshlar ishtirokida millatlararo munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan anʼanaviy tadbir hisoblanib, yoshlarning bilim saviyasini yanada oshirish, doʻstona hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻn yildan ortiq muddatda Seul, Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida muntazam ravishda oʻtkazib kelingan.
Bu yilgi tadbir “Zamonaviy sharoitda yoshlarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Forum ochilish marosimi bugun Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent shahridagi Filialida boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputatlari, Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya elchixonalari vakillari, ROSSOTRUDNICHESTVO vakolatxonasi koordinatori hamda talabalar ishtirok etishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring