Toshkentda “Spark” 65 yoshli qariyani urib yubordi
Toshkent shahar Yunusobod tumanida 31-oktyabr kuni “Spark” 65 yoshli yoʻlovchini urib yubordi. Bu haqda shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, hodisa soat 18:30 atrofida Yunusobod tumanidagi KHAY koʻchasida sodir boʻlgan. “Spark” mashinasini boshqarayotgan 26 yoshli haydovchi piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan 65 yoshli qariyani urib yuborgan. Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring