Toshkentda shahridagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi ishtirokida Toshkent shahri tumanlaridagi 585 nafar yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yilda Yoshlarning muammosi va qiziqishini oʻrganish boʻyicha mahallalarda xatlov ishlari hamda “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yangicha yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot jarayonida yetakchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.
Muloqot yakunida 2023-yil davomida faol boʻlgan 60 nafar yoshlar yetakchilari esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring